O'quvchi va ota-ona kabineti: hammasi telefonda

Ota-ona farzandining darslari, baholari, davomati va qarzini istalgan vaqtda ko'radi. Parol kerak emas — markazda yozilgan telefon raqami va SMS kod bilan kiriladi.

Karta shart emas · 5 daqiqada sozlash

Dars jadvali

Haftalik jadval va yaqin darslar: vaqt, xona, o'qituvchi.

Vazifalar va baholar

Berilgan uy vazifalari, muddati, bahosi va o'qituvchi izohi.

Davomat

Oylar bo'yicha har bir dars: keldi, kechikdi yoki kelmadi.

To'lovlar

Qarz yoki balans, to'lovlar tarixi va cheklar.

Bir nechta farzand

Bitta ota-ona raqamiga bog'langan farzandlar orasida almashish.

Ilova kabi

Telefon bosh ekraniga o'rnatiladi — App Store yoki Play Market shart emas.

Ota-ona markazga kamroq qo'ng'iroq qiladi

«Farzandim darsga bordimi?», «Qancha to'lashim kerak?», «Uy vazifasi nima?» — bu savollarga javob kabinetda. Administrator vaqti asosiy ishga qoladi.

Kabinet havolasini qanday yuborish kerak?

O'quvchi profilidan bir bosishda yoki Xabarnomalar bo'limida barcha ota-onalarga SMS yuborasiz (matnga kabinet havolasi avtomatik qo'yiladi). Ota-ona havolani ochadi, raqamini kiritadi va SMS kod bilan kiradi.

Savollar

Kabinet uchun alohida ilova yuklab olish kerakmi?

Yo'q. Kabinet brauzerda ochiladi va telefonga ilova kabi o'rnatiladi.

Boshqa o'quvchining ma'lumotini ko'rib bo'ladimi?

Yo'q. Har kim faqat o'z raqamiga bog'langan o'quvchi ma'lumotini ko'radi.

O'quvchi testni kabinetdan ishlay oladimi?

Ha. Ochiq testlar kabinetda ko'rinadi va bir bosishda boshlanadi.

Markazingizni bugun raqamlashtiring

14 kun barcha imkoniyatlar bepul. O'quvchilaringizni Excel'dan bir necha daqiqada ko'chirasiz.

Bepul boshlash